Orqaga
Glossariyga qaytish

Ustrushona

Ustrushona (ot) — Sugʻdiyonaning sharqiy tomonida joylashgan ilk oʻrta asrlardagi tarixiy viloyat. Ushbu viloyatning gʻarbiy qismini Oʻzbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi. Uning sharqiy qismi esa Tojikistonning Xoʻjand viloyati hududiga toʻgʻri keladi. Ilk oʻrta asrlarda Ustrushona viloyati 18 ta tuman (rustak) dan tashkil topgan boʻlib, ular tepasida turgan hukmdorlar afshinlar deb atalgan. Birinchi bor Ustrushona nomi ilk oʻrta asr Xitoy manbalarida uchraydi. Unda Ustrushona IV–V asrlardayoq mustaqil hokimlik sifatida tilga olinadi. Arab geograflarining xabarlariga qaraganda. Ustrushonaning bosh shahri Bunjikat (hozirgi Shahriston) boʻlgan. Ustrushona dastlab eftaliylar, soʻngra VI asrning ikkinchi yarmidan Turk xoqonligi tasarrufiga kiritilgan.