Glossariyga qaytish
Urugʻ
Urugʻ (ot) — bir ajdoddan tarqalgan qon-qarindoshlarning toʻda boʻlib uyushuvi natijasida shakllangan kishilar jamoasi. Tirikchilik tashvishida tashqi dushmanlardan saqlanish istagi kishilarning qon-qarindoshlikka asoslangan birlashuvini taqozo etgan. Shu yoʻl bilan kishilarning teng huquqliligi, asosiy ishlab chiqarish qurollarining umumiy mulkligi, jamoa mehnati va isteʼmol qilishning umumiyligi taʼminlangan, nikoh va diniy marosimlar tartibga solib turilgan. Kishilarning urugʻ-urugʻ boʻlib yashash tarziga oʻtishi miloddan avvalgi 40–35-ming yillikka toʻgʻri keladi.