Orqaga
Glossariyga qaytish

Turon

Turon (ot) (forscha ʻʻturonʼʼ — turkiylar degan maʼnoni anglatadi) — turkiy xalqlar yashaydigan hududlarni bildiruvchi ijtimoiy, tarixiy-etnik atama. ʻʻTuronʼʼ atamasi bundan 3000–2500-yillar muqaddam qoʻllanila boshlagan. ʻʻAvestoʼʼda chorvachilik bilan shugʻullanuvchi qabilalar ʻʻturlarʼʼ deb, turlar yurti esa ʻʻTuronʼʼ deb atalgan. ʻʻTuronʼʼ atamasi yonida u bilan birga, uning maʼnodoshlari sifatida ʻʻTurk yurtʼʼ, ʻʻTurk eliʼʼ, VII asrdan boshlab esa ʻʻTurkistonʼʼ atamalari yozma bitiklarda uchraydi.

Turon turkiy xalqlarning jahoniy hamda ijtimoiy-etnik birligini ifodalovchi asosiy tushuncha va nom sifatida XX asrgacha yetib kelgan. Turonni geografik-tarixiy taʼriflaganda uning hududlari Tinch okeandan Oʻrta yer dengizidagi Egey-Adriatikagacha, Shimoliy Muz okeanidan Tibet, Ximolay togʻlarigacha, Shimoliy Hindistondan Anadoli (hozirgi Turkiya)gacha boʻlgan hududlari mazkur hududda yashovchi turkiy xalqlar Vatanini bildiradi.