Turkiy xalqlar
Turkiy xalqlar — turkiy tilda soʻzlashuvchi xalqlar. Bugungi kunda olimlar turkiy xalqlarni hududiy joylashuvi va til yaqinligiga qarab quyidagi 4 ta yirik guruh (gʻarbiy, sharqiy, janubiy va shimoliy) hamda tarmoqlarga boʻladi: 1) qipchoqlar (gʻarbiy turklar), Volga-Ural turklari (chuvash, tatar, boshqird, qaraim, qrim tatarlari), qirgʻiz-tatarlar (qozoq, qoraqalpoq), Kavkaz turklari (noʻgʻoy, qoʻmiq, bolqar, qorachoy, urum, mesxeti turk, ajarlar); 2) Turkiston turklari (sharqiy turklar), Chigʻatoy turklari (oʻzbek, uygʻur, Ili uygʻurlari, sariq uygʻurlar); 3) oʻgʻuzlar (janubiy turklar), Eron turklari (turkman, truman, afshor, xojar, xalaj, ozarbayjon, qoraqalpoq, Xuroson irklari), saljuqiy turklar (Turkiya, Kipr, Iroq, Suriya va Bolqon turklari), Moldaviya turklari (gagauzlar), Kanzu turklari (salarlar); 4) Sibir turklari (shimoliy turklar), Oltoy turklari (Oltoy tatarlari, oltoyliklar, shorlar), Sayan turklari (tuvalar, duvalar, tofolarlar), Yenisey turklari (Yenisey tatarlari, xakaslar, Yenisey turklari), yoqutlar (saxa, dolganlar).