Glossariyga qaytish
Totemizm
Totemizm (ot) — biror urugʻ yoki qabila ibtidosiga sigʻinish eʼtiqodi. Totem soʻzi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida ʻʻuning urugʻiʼʼ maʼnosini anglatadi. Uning mohiyati ʻʻodamlarning hayvonot va oʻsimlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari borʼʼ deb eʼtiqod qilishdir. Totem — biror urugʻ yoki qabila ibtidosi, urugʻ asoschisi, ajdod, urugʻ jamoalari topinib, uni muqaddas tutgan hayvon.