Orqaga
Glossariyga qaytish

Tolerantlik

Tolerantlik (lotincha “tolerantia“ — chidam) — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan chidamlilik va bagʻrikenglik. Tolerantlik, bu har xil eʼtiqodlarga ega boʻlgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda oliyjanob gʻoya va niyatlar yoʻlida hamkor, hamjihat boʻlib yashashini anglatadi.