Orqaga
Glossariyga qaytish

Tohiriylar

Tohiriylar (ot) — Tohiriylar davlatini boshqargan sulola. Xalifalik taxti uchun kurashda Maʼmun ibn Xorun ar-Rashid Tohir ibn Husaynning yordami bilan gʻolib chiqadi va minnatdorchilik belgisi sifatida 819-yilda uni Xuroson va Movarounnahr yerlariga noib qilib tayinlaydi. Tohir ibn Husayin oradan koʻp vaqt oʻtmay, xalifaga boʻysunmay, mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. Oʻziga qarashli yerlarni xalifalikdan mustaqil deb eʼlon qiladi. Tohiriylar sulolasi 873-yilda koʻtarilgan “gʻoziylar” qoʻzgʻoloni natijasida agʻdarib tashlanadi va Xurosonda hokimiyatni safforiylar sulolasi egallaydi. Sulola vakillari: Tohir ibn Husayn (821–822), Talha ibn Tohir (822–830), Abdulloh ibn Tohir (830–844), Tohir ibn Abdulloh (844–862), Muhammad ibn Tohir (863–873), Husayn ibn Tohir (873–874).