Orqaga
Glossariyga qaytish

Tasr (Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi)

TASR (Turkiston avtonom sovet respublikasi) 1917-yil oktyabrda Rossiyada podsho hukumati agʻdarilgach, Rossiya imperiyasiga qarashli Turkiston general-gubernatorligi hududlarda 1918-yil aprel oyida Sovet Rossiyasi (RSFSR) tarkibida tashkil etilgan Respublika. TASR Konstitutsiyasida Turkistonning muxtor oʻlka sifatida avtonom huquqlari koʻrsatilgan boʻlsa-da oʻlka hukumatining ichki va tashqi siyosati bevosita Moskva bolsheviklari tomonidan nazorat ostiga olingan edi. 1924–1925-yillarda markaz tomonidan oʻtkazilgan maʼmuriy-hududiy chegaralanish natijasida TASR tugatilib uning oʻrnida milliy sovet respublikalari (Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR) va avtonom sovet oʻlkalari tashkil etiladi. TASR xalq komissarlari soveti (XKS)raislari: F. J. Kolesov (1917-yil noyabr–1918-yil oktyabr), V. D. Figelskiy (1918-yil oktyabr–1919-yil yanvar), K. Sorokin (1919-yil mart-sentabr), Y. E. Rudztak (1920-yil fevral-sentyabr), Q. S. Otaboyev (1920-yil sentyabr–1922-yil sentyabr), T. Risqulov (1922-yil sentyabr–1924-yil yanvar), R. Islomov (1924-yil yanvar-noyabr). TASR markaziy ijroiya qoʻmitasi (MIK)raislari: P. A. Kobozev, A. F. Solkin, I. O. Tobolin (hamraislar; 1918-yil aprel-oktyabr), V. D. Votinsev (1918-yil oktyabr–1919-yil yanvar), A. A. Kazakov (1919-yil mart-sentyabr), I. A. Apin (1919-yil sentyabr–1920-yil yanvar), T. Risqulov (1920-yil yanvar- iyul), M. Biserov(1920-yil iyul-sentyabr), N. Toʻraqulov (1920-yil sentyabr–1921-yil avgust), A. Rahimboyev (1921-yil noyabr–1922-yilsentyabr). I. Xidiraliyev (1922-yil sentyabr–1924-yil yanvar), N. Aytaqov (1924-yil yanvar-noyabr).