Glossariyga qaytish
Tarxon
Tarxon (ot) — 1. moʻgʻullar va temuriylar davrida toj-u taxt oldida koʻrsatgan xizmatlari uchun alohida imtiyozga ega boʻlgan amir. Tarxon yorligʻi egasi xon huzuriga bemalol kira olgan, soliqlardan ozod etilgan va toʻqqiz martagacha jinoyati kechirilgan, oʻzi va avlodi ham soliqlardan ozod etilgan; 2. oʻrta asrlarda turkiy xalqlardagi yer egasi — feodal; 3. Oʻrta Osiyo xonliklarida feodallarning davlat soliqlaridan ozod qilingan yer-suv, mol-mulklari.