Glossariyga qaytish
Tanho
Tanho (ot) — XVI asrdan boshlab xonliklarda davlat yerlarini asosan harbiy xizmatda boʻlgan kishilarga inʼom etish usuli. Bunday inʼomga sazovor boʻlgan kishi yerning oʻziga emas, shu yerdan olinadigan daromadning egasi boʻlgan. XIX asrning birinchi choragiga kelganda Buxoro amirligida tanhodorlarning soni 36 000 nafarga yetgan. Eng kichik tanho yeri 3–5 gektarni tashkil etgan.