Glossariyga qaytish
Talant
Talant (ot) — qadimgi Yunoniston, Misr, Mesopotamiya, Suriya va Eronda ishlatilgan ogʻirlik va yirik pul oʻlchov birligi. 1 talant 6 000 dirhamga teng boʻlgan. Ogʻirlik oʻlchov birligi sifatida talantning miqdori turli mamlakatlarda turlicha boʻlgan. Masalan, qadimgi Yunonistonda 1 talant 26,2 kg boʻlsa, Eronda 1 talant 33,655 kg miqdorga toʻgʻri kelgan.