Glossariyga qaytish
Suverenitet
Suverenitet (fransuzcha “souverainite” — oliy hokimiyat) — quyidagi mazmunlarda ishlatiladi: 1) Davlat suvereniteti — hozirgi davlatshunoslik fanida davlatning ichki va tashqi siyosatidagi toʻla mustaqilligi sifatida talqinetiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat suvereniteti masalasiga alohida bob ajratilgan boʻlib, uning 1-moddasida “Oʻzbekiston — suveren demokratik respublika” deyilgan. 2) Xalq suvereniteti — xalqning davlatni boshqarishdagi toʻla hukmronligi, xalq hokimiyati, xalq boshqaruvi maʼnolarini anglatadi.