Orqaga
Glossariyga qaytish

Sunniylik

Sunniylik (ot) — islom dinidagi ikkita asosiy yoʻnalish (ikkinchisi shialik) dan biri va eng keng tarqalgani. Mutaxassislarning hisobi boʻyicha, jahondagi barcha musulmonlarning qariyb 90 foizi sunniylikka (qolgan 10 foizishialikka) mansub. Bu yoʻnalish VII asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vujudga kelgan. VIII–XII asrlarda arab xalifaligidagi diniy-siyosiy kurashlar jarayonida islomdagi eng yirik yoʻnalish sifatida shakllangan. Sunniylar Qurʼon bilan birga sunnaga eʼtiqod qiladi. Sunniylikda 4 ta huquq mazhabi mavjud (hanafiya, molikiya, shofiʼiya va hanbaliya). VIII asr oxiri va IX asr boshlarida sunniylik doirasida tasavvuf, XVIII–XIX asrlarda ilk davrdagi sof islomga qaytish tarafdorlari boʻlgan diniy-siyosiy oqim — vahhobiylik vujudga kelgan. Sunniylik bilan shialik oʻrtasida hokimiyat masalasida, ayrim diniy marosim va anʼanalarda birmuncha tafovutlar bor.