Orqaga
Glossariyga qaytish

Sulton

Sulton (ot) — hukmdor, podshoh. Musulmon hukmdorlarining unvoni. VIII asr oxirida Bagʻdod xalifasi Xorun ar-Rashid saroyida davlatning barcha ishlarini boshqaruvchi boʻlgan ishonchli doʻsti Qozim ibn Yahyoni unga boʻlgan katta hurmat va ishonch belgisi sifatida “Sulton” degan yangi unvon bilan mukofotlaydi. X asrdan boshlab islom mamlakatlarida hukmdor sulton deb atala boshlangan. XI asrda saljuqiylardan boshlab mazkur unvon mustaqil sulola hukmdorlariga berilgan. Bu unvonni birinchi boʻlib, 1051-yili saljuqiylardan Toʻgʻrulbek xalifa Qoyimdan olgan.