Orqaga
Glossariyga qaytish

Staxanovchilik

Staxanovchilik shoʻrolar davridagi industriallashtirish jarayonida mehnatkashlarni sanoatlashtirishga kengroq jalbetish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sotsialistik musobaqa. 1935-yil avgustda Donbassdagi “Sentralnaya Irmino” shaxtasining koʻmir qazuvchisi A. G. Staxanov oʻz mehnatini yangicha tashkil etib, bir smenada 102 tonna koʻmir qazidiva oʻsha vaqtdagi normani 14 hissa ortigʻi bilan bajardi. Bu koʻmir qazishda jahonda misli koʻrilmagan rekord boʻldi. Uning ketidan boshqa shaxtyorlar va boshqa sanoat tarmoqlarida ishlovchi mehnatkashlar ana shunday zarbdor mehnat samaralarini qayd qila boshladilar. Lekin staxanovchilik harakati bora-bora rasmiyatchilikka aylana bordi. Oshirib koʻrsatishlar, qoʻshib yozishlar avj oldi. Aksariyat hollarda moddiy boylik yaratuvchilar zoʻr berib qilgan mehnatlari samarasidan manfaatdor boʻlmadilar.