Glossariyga qaytish
Sohibqiron
Sohibqiron (ot) — Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasining bir-birini toʻsishi (qiron) paytida tugʻilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir Temur ikki sharofatli yulduz — Zahro va Mushtariy sayyoralari bir-biriga yaqinlashgan paytda tugʻilgan ekan. Munajjimlarning fikriga koʻra, bunday odam baxtli, ulugʻ martabali boʻlishi muqarrar sanalgan. Amir Temurning Sohibqiron deb atalashi ham shundan.