Orqaga
Glossariyga qaytish

Skiflar

Skiflar (ot) — qadimgi yunon tarixchilari Oʻrta Osiyo va Dashti Qipchoqda yashovchi saklarni skiflar deb atagan. Tarixchi Gerodotning yozishicha, saklar skiflarning oʻzginasi boʻlib, “forslar barcha skiflarni saklar deb atagan”. Saklarni sugʻdiylardan Sirdaryo ajratib turgan. Massaget, derbik, osiy, dax, pasian, toxar, usun, sakaravaka va yana boshqa nomlarda ataluvchi qabilalarning barchasi sak-skif qabilalari ittifoqiga kirgan Oʻrta Osiyoning qadimgi aholisidir.