Orqaga
Glossariyga qaytish

Siyosiy tizim

Siyosiy tizim — davlat ichki tuzilishidagi oʻzaro munosabatlarning xususiyatlarini ifodalovchi, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni, umuman, davlat muassasalari tizimini va ularning asosiy tashkiliy shakllarini belgilab beradi. Siyosiy tizim, odatda, mamlakat Konstitutsiyasi va shu asosda chiqarilgan boshqa qonuniy hujjatlarda mustahkamlab qoʻyiladi. Oʻzbekistonda siyosiy tizim hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga boʻlinishi tamoyili asosida tuzilgan. Alohida tarmoqlarni boshqarish vazirliklar, davlat qoʻmitalari va konsernlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari viloyat, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlarning xalq deputatlari Kengashlari va hokimliklardan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy tizimi hozirgi davrdagi ilgʻor davlatlarning tajribasini, xalqimizning tarixiy anʼanalari va mukammal jamiyat toʻgʻrisidagi orzu-umidlarini, mutafakkirlarimiz va jamiyat shunoslarning tavsiyalarini oʻzida mujassamlashtirgan.