Orqaga
Glossariyga qaytish

Siyosiy partiya

Siyosiy partiya — umumiy gʻoya va manfaat, ijtimoiy-siyosiy maqsadlar asosida odamlarni ixtiyoriy ravishda uyushtiruvchi tashkilot. Fuqaroviy jamiyat bilan davlatni bir biriga bogʻlovchi eng muhim vositalardan, hozirgi zamon huquqiy demokratik davlat hayotining zaruriy omillaridan biri. Siyosiy partiya oʻz maqsadlarini siyosiy-huquqiy, falsafiy, diniy, badiiy qarashlari tizimini yaratadi va keng omma orasida tarqatadi. Jamiyat aʼzolarini mumkin qadar keng qamrab, ular eng maʼqullangan partiyaga aylanishga intiladi, turli organlarga saylovlarda dolzarb shiorlarni oʻrtaga tashlab, saylovchilarni oʻz tomoniga ogʻdirish uchun kurashadi. Oʻzbekistonda siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyati uchun barcha zaruriy qonuniy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda quyidagi partiyalar faoliyat yuritmoqdalar: 1) Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) (1991-yil 1-noyabrda tashkil etilgan). 2) “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevralda tashkil etilgan) 3) Milliy tiklanish demokratik partiyasi (1995-yil 3-iyunda tashkil topgan). 4) Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi (2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan).