Glossariyga qaytish
Shovinizm
Shovinizm (ot) (fransuzcha “shauvinisme” fransuz dramaturglari T va I. Konyarlar qalamiga mansub “Uch ranglikokarda” asari (1830) personajlaridan biri, Napoleon Bonapart bosqinchilik urushlarining yorqin tarafdori boʻlgan N. Shovin nomidan) — ashaddiy millatchilik. XIX asr boshlarida Fransiyada paydo boʻlgan. Hozirda milliy ekstremizmning namoyon boʻlishi maʼnosida ham ishlatilmoqda. Ayniqsa, buyuk davlatchilik shovinizmi xavflidir. Chunki u muayyan siyosiy kuchlarning koʻp millatli davlatlardagi yetakchi millatlarning boshqa millatlarga nisbat anafzalligi, ustunligi gʻoyasi asosida mafkuraviy, siyosiy va iqtisodiy hukmronligini targʻib qiladi.