Orqaga
Glossariyga qaytish

Shoh yoʻli

Shoh yoʻli — Eron ahamoniylari sulolasi davri (mil. avv. VI–IV asrlar) da mavjud boʻlgan muhim savdo yoʻllaridan biri. Eron poytaxti Suza shahrini Mesopotamiya, Yaqin Sharq va Kichik Osiyo mamlakatlari bilan bogʻlagan. Podsho Doro I buyrugʻi bilan Shoh yoʻlida bekat, karvonsaroy, quduqlar qurilib, savdogarlarni otliq soqchilar tomonidan qoʻriqlab borish xizmati ham joriy qilingan.