Orqaga
Glossariyga qaytish

Shialik

Shialik (ot) — islomdagi asosiy yoʻnalishlardan biri. Oʻzining keng yoyilishi jihatdan sunniylikdan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Shialik VII asr oʻrtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. Shialar sunniylar kabi Qurʼoni karimni ilohiy deb eʼtirof etadi, lekin xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sunnada esa ular faqat Ali nomi bilan bogʻliq hadislarni tan olgan va shunday hadislardan iborat mustaqil toʻplam — “Axbor” ni tuzgan. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash bilan birga Karbalo, Najaf shaharlarida joylashgan yirik shia imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. Hozir jahondagi musulmonlarning 10 foizi shialikka mansub. Shialik hozirgi vaqtda Eronda hukmron eʼtiqod hisoblanadi. Iroq, Livan, Afgʻoniston, Hindiston, Pokiston, Tojikiston va Ozarbayjonda ham shialar bor.