Glossariyga qaytish
Shayxulislom
Shayxulislom (ot) — musulmon mamlakatlaridagi islom tashkilotlari boshligʻi, oliy din vakili unvoni. Musulmon jamoasi boshligʻi. Buxoro xonligida shayxulislom eng oliy diniy lavozim hisoblangan. Shayxulislom davlat lavozimi boʻlib, uni egallagan shaxs musulmon qonunlari bilan shugʻullanadi, qozilik ishlari, turmush va davlatni boshqarish meʼyorlarini ishlab chiqadi, davlat qarorlarining toʻgʻriligini Qurʼon va sunna bilan qiyoslaydi hamda zarur boʻlsa, ularni toʻldiradi va tuzatadi. Bu lavozim avloddan avlodga meros boʻlib oʻtgan. Shayxulislom xoʻjalar avlodidan boʻlishi lozim boʻlgan (Qoʻqon xonligida).