Shayboniylar
Shayboniylar (ot) — Buxoro xonligini idora qilgan uchta sulolaning birinchisi. Asoschisi Muhammad Shayboniyxon (1451–1510). Shayboniyxon Temuriylar davlatidagi inqirozdan foydalanib qisqa muddat ichida hokimiyatni oʻz qoʻliga olishga erishadi. Nasabi jihatdan shayboniylar Chingizxonga borib taqaladi. Shuning uchun ham sulola vakillari oʻzlarini xon deb atagan va davlat ham tarixiy adabiyotlarda poytaxt Buxorodan nisbat olinib XVI asrning 60-yillaridan Buxoro xonligi deb yuritila boshlagan. Shayboniylar Movarounnahrda deyarli bir asr (1500–1599) hukmronlik qiladi. Keyin hokimiyat Ashtarxoniylar sulolasi qoʻliga oʻtadi. Shayboniylar sulolasining vakillari: Shayboniyxon (1500–1510), Koʻchkunchixon (1510–1530), Abu Said (1530–1533), Ubaydullaxon (1533–1539), Abdullo (1539–1540), Abdulatif (1540–1550), Navroʻz Ahmadxon (1551–1556), Pirmuhammad (1556–1561), Iskandarxon (1561–1583), Abdullaxon II (1583–1598), Abdulmoʻmin (1598–1599), Pirmuhammad (1599–1601).