Orqaga
Glossariyga qaytish

Shamanizm (Shomonlik)

Shamanizm (ot) (tunguscha “shomon” — sehrgarlik) — sehrgarlik (afsun, magiya) maʼlum bir natija olish uchun ilohiy kuchlarga taʼsir etish maqsadida amalga oshiriladigan ritual, urf-odatlar majmuasi. Shomonlik eʼtiqod shakli ibtidoiy urugʻchilik davrida paydo boʻlgan. Shamanizm urf-odatlari bilan maxsus odamlar — shaman, afsungarlar shugʻullangan. Odamlar ularning ruhlar bilan muloqotda boʻlish, ruhlarga jamoaning umid va niyatlarini yetkazish, ularning irodasini talqin qilish qobiliyatiga ega ekaniga chuqur ishongan. Afsungarlik maqsadlariga koʻra quyidagilarga boʻlinadi: 1) zarar keltiruvchi yovuz afsungarlik; 2) harbiy afsungarlik (bu dushmanga qarshi ishlatiladi); 3) sevgi afsungarligi (undan “issiq” yoki “sovuq” qilish maqsadida ishlatiladi); 4) tibbiy afsungarlik (undan davolash maqsadida foydalanish); 5) ob-havo afsungarligi. Shamanizm hozirda ham baʼzi dinlar va turli xalq urf-odatlarida saqlanib qolgan.