Orqaga
Glossariyga qaytish

Sarbadorlar

Sarbadorlar (ot) — XIV asrda Xuroson va Movarounnahrda moʻgʻul va mahalliy feodallarga qarshi koʻtarilgan xalq ozodlik harakati qatnashchilari. Soʻzma-soʻz maʼnosi — oʻz boshini dorga tikkanlar. Sarbadorlar harakati dastavval Xurosonda boshlandi. Xurosonning gʻarbiy qismida ular moʻgʻullar hukmronligini tugatib, mustaqil Sarbadorlar davlatini barpo etadi. Bu davlatning markazi Sabzavor shahrida boʻlib, 1337-yildan 1381-yilga qadar qariyb 45 yil hukm suradi.