Saljuqiylar
Saljuqiylar (ot) — 1038–1194-yillarda Yaqin va O‘rta Sharqda hukmronlik qilgan sulola. Sulola nomi ko‘chmanchi turk-o‘g‘uz qabilasi boshlig‘i Saljuq (922-yilda vafot etgan) nomidan olingan. XI asr boshlarida G‘aznaviylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshiliklardan foydalangan saljuqiylar 1038–1040-yillarda Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etadi. Saljuqiylarni Xuroson va Eron hududlaridan Xorazmshoh Takash (1172–1200) 1194-yilda siqib chiqargach, ular g‘arbga chekinib, Kichik Osiyoda (hozirgi Turkiya hududlarida) yana bir asrdan ko‘proq hukmronlik qiladi (turk tilining bizga tushunarli bo‘lishining sababi ham shunda). Saljuqiylar sulolasining vakillari: To‘g‘rulbek (1038–1063), Alp Arslon (1063–1072), Malikshoh (1072–1092), Mahmud (1092–1094), Berkyoruq (1094–1105), Muhammad (1105–1118), Sulton Sanjar (1118–1157). Sarkor (ot) — ishboshi, nazoratchi, biror ishning (qurilish, ekin-tikin va h.k.) tepasida turuvchi, podsho, xon va feodallarning xo‘jaligini boshqaruvchi mansabdor.