Glossariyga qaytish
Salavkiylar davlati
Salavkiylar (ot) — Yaqin va O‘rta Sharqdagi yirik davlat. Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiya tanazzulga uchragach, miloddan avvalgi 312-yilda uning lashkarboshilaridan biri Salavk I Nikator tomonidan asos solinadi. Salavk Midiya, Suziana, Fors, keyinchalik Baqtriya va Sug‘diyonani bosib olib, bu sharqiy viloyatlarga o‘g‘li Antioxni noib qilib tayinlaydi (Antiox Salavk va Spitamenning qizi Apamadan tug‘ilgan o‘g‘li edi). Miloddan avvalgi III asr o‘rtalarida Salavkiylardan mustaqil Yunon–Baqtriya va Parfiya davlatlari tashkil topadi.