Orqaga
Glossariyga qaytish

Safforiylar

Safforiylar (ot) — Safforiylar davlatida (873–900) hukmronlik qilgan sulola. Sulola vakillari aka-uka Yoqub ibn Lays (873–879) va Amir ibn Layslar (879–900) ning kasbi misgarlik (safforiy) boʻlgani uchun shunday nomlangan. Ular Xurosonda Tohiriylar davlatini agʻdarib hokimiyatni egallagan. 900-yilda Somoniylar amiri Ismoil Somoniy bilan jangda Amir ibn Lays yengilgach, bu sulolaga barham beriladi va butun Xuroson somoniylar qoʻliga oʻtadi.