Safaviylar
Safaviylar (ot) — Temuriylar saltanatining inqirozi natijasida Eronda vujudga kelib, 1502–1736-yillarda hukmronlik qilgan sulola. Asoschisi — Ismoil Safaviy (1502–1524). Tabriz (Ozarbayjon) bu davlatning poytaxti deb eʼlon qilingan. Abbos I (1587–1629) va Safi I (1629–1642) lar davrida Safaviylar davlati oʻz qudratining choʻqqisiga koʻtarilgan. Bu davlatning tarkibiga Erondan tashqari Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Afgʻoniston, Iroq Arabistoni va boshqa hududlar kirgan. Abbos I davrida poytaxt Isfahonga koʻchirilgan. Safaviylar sulolasini 1736-yilda Nodirshoh Afshor(1736–1747) bosib oladi. Safaviylar sulolasining vakillari: Ismoil I (1502–1524), Taxmasp (1524–1576), Ismoil II(1576–1577), Muhammad (1578–1587), Abbos I (1587–1629), Safi I (1629–1642), Abbos II (1642–1666), Sulaymon(1666–1694), Sulton Husayn (1694–1722), Taxmasp II (1722–1732), Abbos III (1732–1736).