Renessans
Renessans (ot) (fransuzcha ʻʻrenaissanceʼʼ — uygʻonish) — aynan qadimiy mumtoz yunon madaniyati, fani, falsafasining tiklanishi. Antik (qadimgi) davrga xos hayotni his etishga yaqin, lekin oʻrta asrlardagi kabi moddiylikni gunoh deb hisoblab, undan voz kechishni ham inkor etilishi. Yangicha hissiyotlarning, hayot nashidasini sezishning paydo boʻlishi demakdir. Sharq renessansi va Gʻarb renessansi mavjud. Sharq renessansi IX–XII va XIV–XV asrlari oʻz ichiga olsa, Gʻarb renessansi XIII asrdan boshlanadi. Gʻarb renessansi koʻpincha uygʻonish davri deb ham yuritilib, uning ilk kurtaklari Italiyada paydo boʻlgan. Tomazzo Kompanelli, Franchesko Petrarka, Jovanni Bokacholar uygʻonish davri madaniyatining asoschilari edi.