Orqaga
Glossariyga qaytish

Referendum

Referendum (ot) (lotincha “referendum” — eʼlon qilinishi lozim boʻlgan xabar) — jamiyatni demokratik boshqarish jarayonida qoʻllaniladigan tadbirlardan biri. Baʼzi muhim masalalarni umumxalq ovoziga, umumxalq soʻroviga, xalq muhokamasiga qoʻyib hal etish. Oʻzbekiston Respublikasida referendum oʻtkazishning huquqiy asoslari yaratilgan boʻlib, u 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida“gi qonuni bilan mustahkamlangan. Oʻzbekiston Respublikasida referendum ilk bor 1991-yil 29-dekabrda “Davlat mustaqilligini maʼqullaysizmi?”, ikkinchi marotaba esa 1995-yil 26-martda “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatini 1997-yildan 2000-yilga qadar uzaytirishga rozimisiz?”  va 2002-yil 27-yanvarda Siz kelgusi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Parlamenti ikki palatali qilib belgilanishiga rozimisiz?“, hamda “Siz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati 5 yildan 7 yil qilib oʻzgartirilishiga rozimisiz?” kabi mavzularda umumxalq referendumlari oʻtkazilgan.