Orqaga
Glossariyga qaytish

Qurʻoni Karim

Qurʼoni Karim (ot) — yer yuzidagi musulmonlarning dasturulamali, diniy ahkomlar manbai. Muhammad paygʻambar(s.a.v) 40 yoshga toʻlgan vaqtida Haq taolo Jabroil alayhissalom orqali paygʻambarlik vahiysini yubora boshlagan. Qurʼoni Karimning birinchi oyati ham shu ondan nozil qilina boshlagan. Qurʼoni Karimning sahifalarini jam qilish vatoʻliq kitob shakliga keltirish Muhammad paygʻambar (s.a.v) vafotidan keyin boshlanib, bu ish xalifa Usmon zamonida(644–656) yakunlanadi. Shu davrda yaratilgan Qurʼonning toʻrtta nusxasidan bittasi Turkistonga ham yetib kelganboʻlib, u hozirda Movarounnahr diniy idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Qurʼoni Karimda 114 ta sura, 6 236 ta oyatbor.