Glossariyga qaytish
Quloq
Quloq (ruscha “kulak” — musht, mushtum) — qarollar, kambagʻallar, umuman, dehqonlarning yollanma mehnatidan foydalanuvchi katta yer egasi. Qishloq boyi yoki oʻrtahol dehqon. 1929–1933-yillardagi jamoalashtirish siyosatiga qarshi qishloqlarda oʻz haq-huquqlari uchun kurashgan dehqonlar va yer egalari shoʻrolar tomonidan “quloq” — “mushtumzoʻr” nomi ostida sinf sifatida tugatish siyosati yurgizilgan.