Quloq xoʻJaliklari
Quloq xoʻjaliklari — inqilobga qadar qishloq xoʻjaligida yollanma mehnatdan foydalanib, xoʻjalik yurituvchi yirik dehqon xoʻjaliklari. Bunday yirik xoʻjaliklar 1861-yil Rossiyada krepostnoy huquqning bekor qilinishi tufayli, ayniqsa, tez rivojlana boshlagan edi. Ular qishloqda oʻz xoʻjaliklarini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda yurituvchi ishbilarmon-sohibkorlar boʻlishgan. Bunday xoʻjaliklarda yollanib ishlovchi dehqonlar aksariyat hollarida oʻz mehnati samarasidan manfaatdor boʻlganlar. Inqilobdan keyin bunday xoʻjaliklar podsho hukumatining qishloqlardagi tayanchi va mehnatkash dehqonlarni ezuvchi sinf sifatida taʼqib ostiga olinib, qatagʻon qilinganlar. 1929-yildan boshlangan jamoalashtirish siyosati natijasida 30-yillarning boshiga kelib quloq xoʻjaliklari butunlay tugatiladi.