Orqaga
Glossariyga qaytish

Qoraxoniylar

Qoraxoniylar (ot) — Oʻrta Osiyoda asosan Movarounnahr va Sharqiy Turkistonda somoniylardan keyin 999–1212-yillarda hukmronlik qilgan musulmon, turkiy sulola. Uni barpo etishda qator turkiy qabilalar ishtirok etib, bulardan qarluq, chigil va yagʻmo qabilalari yetakchi boʻlgan. Asoschisi — yagʻmo qabilasidan chiqqan Abdulkarim Sotuq Bugʻroxon (Qoraxon). Yagʻmolar X asr oʻrtalarida islom dinini qabul qilgan. Xorun ibn Muso Sotuq 992-yilda Buxoroni, 996–999-yillarda uning vorisi Nasr I Movarounnahrni butunlay bosib oladi. Qoraxoniylar davlati poytaxti dastlab Qoshgʻar, keyin Bolasogʻun, Oʻzgan shaharlari boʻlib, keyinchalik yana Qoshgʻarga koʻchirilgan. XI asrning 60–70-yillarda Qoraxoniylar ichki siyosiy kurash va saljuqiylar tazyiqi ostida zaiflashib, kuchsiz davlatga aylanib qoladi. 1212-yili qoraxoniylarning soʻnggi vakili Qilich Arslon Muhammad Xorazmshoh tomonidan oʻldirilgan.