Orqaga
Glossariyga qaytish

Qora-Quyunlilar Sulolasi

Qora qoʻyunlilar sulolasi (ot) — 1380–1468-yillarda Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilgan turkmanlar sulolasi. Qora Yusuf turkman (1388–1420) 1388–1389-yillarda Armaniston, Iroq va Janubiy Ozarbayjon sarhadlarida Amir Temur lashkarlariga qarshi janglar olib borgan. U Amir Temurdan yengilib, Turk sultoni Boyazid saroyiga borib panoh topgan. Shu sababli Amir Temur va Boyazid oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan. Qora Yusuf oʻz yurtiga faqat 1406-yilda Amir Temur vafotidan keyin qaytgan.