Glossariyga qaytish
Qoʻshbegi
Qoʻshbegi (ot) — 1) qoʻsh, yaʼni harbiy qarorgoh va lagerning boshligʻi; 2) XIX asrdan boshlab Xiva va Qoʻqonxonligida xonning birinchi vaziri. Buxoro amirligida oliy mansab boʻlib, vaziri buzruk deb ham yuritilgan. U bosh vazir hisoblangan. Qoʻshbegiga barcha viloyatlarning hokim, beklari boʻysungan hamda amir poytaxtda boʻlmagan vaqtida u xonlikning barcha ishlarini boshqargan. Poytaxt Buxoro shahri va viloyatini ham qoʻshbegi boshqargan. Qoʻshbegi mansabidan keyin otaliq lavozimi turgan.