Glossariyga qaytish
Qoʻrchi
Qoʻrchi (ot) — turkiy soʻz boʻlib, quroldor, qurolbardor demak (“qoʻr” — qurol). XVII asrda Buxoro xonlarining boshqa mamlakatlardan keltirilgan qullardan iborat shaxsiy gvardiyasi qoʻrchi deyilgan. Keyingi asrlarda Buxoro amirligida qoʻrchi oʻq-dori omborlarini qoʻriqlab turgan qorovul hisoblangan.