Qoʻqon Xonligi
Qoʻqon xonligi (ot) — Fargʻona vodiysi va unga tutash hududlar XVIII asr boshlariga qadar Buxoro xonligi tarkibida edi. 1711-yilda ming qabilasi boshliqlari Buxorodan oʻz mustaqilligini eʼlon qiladi. Ming qabilasi yoʻlboshchilaridan biri hisoblangan Shohruxbiy (1711–1721) esa hukmdor boʻladi. Tepaqoʻrgʻon uning qarorgohiga aylantiriladi. Abdulkarimbiy davrida (1733–1750) xonlik poytaxti Qoʻqon shahriga koʻchiriladi. Qoʻqon xonligi 1711–1876-yillarda hukmronlik qilib, Olimxon (1798–1810) va Umarxonlar davrida (1810–1822) Fargʻona vodiysidan tashqari Sharqiy Turkiston, Oloy, Toshkent va shimolda Oqmachit qalʼasigacha boʻlgan hududlar xonlikka boʻysundiriladi. Oxirgi hukmdor Xudoyorxon (1865–1875) ga qarshi koʻtarilgan Poʻlatxon qoʻzgʻolonini (1873–1876) bostirish bahonasida kelgan Rossiya imperiyasi qoʻshinlari qoʻzgʻolonni bostirib, Qoʻqon xonligini ham tugatadi va Turkiston general-gubernatorligiga qarashli Fargʻona viloyatini tashkil etadi. Qoʻqon xonlari: Shohruxbiy (1709–1721), Abdurahimbiy(1721–1733), Abdulkarimbiy (1733–1750), Abdurahimxon (1750), Erdona (1751–1762), Bobobek (1752–1753), Sulaymon (1762–1763), Norboʻtabek (1763–1798), Olimxon (1798–1810), Umarxon (1810–1822), Muhammad Alixon(1822–1842), Sheralixon (1842–1844), Murod (1844), Xudoyorxon (1845–1858, 1862–1863, 1865–1875), Xudoyqulbek(1865 (14 kun), Mallaxon (1858–1862), Sulton Saidxon (1863–1865).