Orqaga
Glossariyga qaytish

Qizil imperiya

Qizil imperiya — 1917–1991-yillarda mavjud boʻlgan sobiq Sovet Ittifoqiga nisbatan tarixchilar, badiiy ijod ahli vailmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan atama. Shoʻrolar davlatining bayrogʻi qizil rangda boʻlgani uchun shunday nomni olgan. Gʻarb ommaviy axborot vositalarida bu davlat “xalqlar turmasi” deb taʼriflangan boʻlsa, AQSH prezidenti R. Reygan (1980–1992) Sovet Ittifoqini “Yovuzlik imperiyasi” deb atagan edi. “Imperiya” soʻzi lotincha soʻz boʻlib, mutlaq hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini, mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.