Orqaga
Glossariyga qaytish

Qarmatiylar

Qarmatiylar (ot) — shia mazhabidagi ismoiliylarning asosiy shoxobchalaridan biri boʻlib, IX asr oxirida Iroqda paydoboʻlgan. Suriya va Yamanda keng tarqalgan. Ular asosan dehqon, koʻchmanchi badaviy va hunarmandlardan tashkiltopgan. Islom qonun-qoidalariga itoat etmagan. Ularda masjid boʻlmagan, musulmonlar ziyoratgohi Kaʼbaga ziyoratni, unga sigʻinishni bidʼat, butparastlik deb hisoblagan. Qarmatiylar 899-yili Bahraynni bosib olib, al-Ahso (SharqiyArabiston) da oʻz davlatini tuzgan. Ularning rahnamosi Hamdam ibn al-Ashʼasning oʻgʻli Abu Tohir Sulaymon (914–943) davrida qarmatiylar 930-yili haj vaqtida Makkaga bostirib kirib, shaharni talon-taroj qilgan, bir necha ming hojilarniva Makka aholisini qatl etib, asir olgan. Kaʼbani vayron qilib, qora toshni ikkiga boʻlib, Bahraynga olib ketgan, faqat 20 yildan keyin katta tovon evaziga u Makkaga qaytarib berilgan. Keyingi asrlarda qarmatiylar qattiq taʼqib ostiga olingan.