Glossariyga qaytish
Qangʻuy
Qangʻuy — Xitoyliklar tushunchasida Davan (Fargʻona)dan gʻarbda joylashgan yurt. Hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlar. Miloddan avvalgi III asr oʻrtalarida bu hududlarda Qangʻuy (Qangʻ) davlati tashkil topadi. Unga koʻchmanchi sak qabilalari asos soladi. Miloddan avvalgi II asrdan boshlab Qangʻuy davlati qudratli davlatga aylanadi va qoʻshni yurtlarga nisbatan mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. Bu davlat birlashmasi milodiy III asrlarga kelib parchalanib ketadi.