Glossariyga qaytish
Protektorat
Protektorat (ot) (lotincha “protektor” homiy) — mustamlaka mamlakatlar qaramligining bir shakli. Bunday qaramlikka tushgan mamlakat garchi ichki siyosatda birmuncha mustaqilligini saqlab qolsa-da, lekin tashqi siyosati va mudofaa masalalari uning ustidan protektorat oʻrnatgan davlat ixtiyoriga oʻtadi. Masalan, Rossiya imperiyasi Xiva xonligi va Buxoro xonligini oʻziga qaram qilib olgach, ular ustidan oʻz protektoratini ham oʻrnatgan edi. Xonlar ichki siyosatda mustaqil boʻlsalar-da, tashqi siyosiy masalalarni rus imperatori rozi-rizoligini olib, ular bilan maslahatlashib yuritishga majbur boʻlganlar.