Prokuratura
Prokuratura (lotincha “procurate” — gʻamxoʻrlik qilish) — davlat tizimidagi mavjud jinoyat ishlarini qoʻzgʻatuvchi, ayblovchi va sud jarayonida davlat nomidan ayblov olib borish vakolatiga ega boʻlgan organ (tizim). Baʼzi davlatlarda bu organ vakolatiga qonunlarga ogʻishmay amal qilishni umumiy nazorat qilish ham kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari mamlakatimiz hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Prokuratura organlari oʻz vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga boʻysunib bajaradi. Prokuratura idoralari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini, davlat, jamoat hamda boshqa tashkilotlarning murojaatlarini koʻrib chiqadi. Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga Oʻzbekiston Bosh prokurori boshchilik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etadi. Keyinchalik bu masalani Oliy Majlis Senatining tasdigʻiga kiritadi. Viloyatlar prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi. Prokurorlarning vakolat muddati 5 yil.