Orqaga
Glossariyga qaytish

Prezident

Prezident (lotincha “praesidens” — oldinda oʻtiruvchi) — Respublika boshqaruvi shaklidagi davlatlarda davlat vahukumat rahbari. Odatda prezident ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanib, davlatning ichki va tashqi siyosatida xalqnomidan ish yuritadi. Jahonda birinchi prezidentlik boshqaruvi XVIII asr oxirida AQSHda joriy qilingan. Oʻzbekistonda prezidentlik boshqaruvi ilk bor 1990-yil 24- martda joriy qilingan boʻlib, Oʻzbekiston Prezidenti butun Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng va toʻgʻridan toʻgʻri saylov prinsipi asosida saylanadi.