Orqaga
Glossariyga qaytish

Politeizm

Politeizm (ot) (yunoncha “poly” — koʻp, “theos” — xudo) — koʻpxudolik dini. Politeizm ibtidoiy davr odamlariga xos boʻlib, unga koʻra, har bir qabila yoki urugʻning oʻz xudosi va eʼtiqod shakli mavjud boʻlgan (fetishizm, animizm, shomonlik, totemizm va boshqa). Insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgani sari ibtidoiy odamlar koʻpxudolikdan yakkaxudolik dinlariga oʻta boshlagan. Bu ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllarining paydo boʻlishi natijasida ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilib, sinfiy jamiyat va davlatchilik bosqichiga oʻtish jarayoni bilan bir vaqtda sodir boʻlgan.