Glossariyga qaytish
Poligamiya
Poligamiya (ot) (yunoncha ʻʻpolyʼʼ — koʻp, ʻʻgamosʼʼ — nikoh) — koʻp nikohlilik. Koʻp xotinlilik yoki koʻp erlilik. Bir erkakning bir necha xotin bilan nikohda yoki aksincha, bir xotinning bir necha erkak bilan nikohda boʻlib yashashi. Poligamiya ibtidoiy jamoa tuzumi davri matriarxatiga xos boʻlib, ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va sinfiy jamiyatning shakllanishi bilan bu nikoh shakliga asta-sekin barham berilib, monogam oilalar paydo boʻladi.