Orqaga
Glossariyga qaytish

Plyuralizm

Plyuralizm (lotincha “pluralis” — koʻpchilik, xilmaxillik) — jamiyat va siyosiy hayotda fikr, qarash hamda gʻoyalarning xilmaxilligiga asoslanuvchi demokratik jamiyat belgilaridan biri. Plyuralizm boʻlmagan jamiyatda demokratiyaning tarkib topish jarayoni ham qiyin kechadi. Plyuralizm siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun oʻzaro raqobatida va saylovlarda muxolifatning mavjudligida koʻproq namoyon boʻladi. Tom maʼnoda plyuralizm demokratiyani harakatga keltirib turuvchi omildir.