Glossariyga qaytish
Panturkizm
Panturkizm (ot) — XIX asr oxiri–XX asr boshlarida Turkiyaning burjua pomeshchik doiralari orasida tashkil topgan oqim. Panturkizm Bolqon yarimoroli, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Kavkazorti va Volga boʻylarida yashab, turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlarni Turkiya himoyasi ostida birlashtirish va “Ulugʻ Turon” davlatini tuzish gʻoyasini olgʻa surgan. Oʻrta Osiyo, Kavkazorti va Tatariston jadidlari panturkizm gʻoyasidan turkiy tillarda soʻzlashuvchi xalqlarni mustamlakachilikka qarshi kurash yoʻlida foydalanishga harakat qilgan, ammo bu harakat natijasiz tugagan. Keyinchalik koʻpgina mahalliy ziyolilar shoʻrolar hukumati tomonidan panturkizm tamgʻasi bilan qatagʻon qilingan.